Ko‘ylak meniki emas, opamniki...
O‘qituvchi mudira xonasini eshigini jahl bilan ochib, o‘quvchini mudira tomon itarib yubordi. O‘qituvchi tinmay o‘quvchi-qizni haqoratlardi.
Mudiraga:
- Marhamat, ko‘rib qo‘ying, kiyinish uslubiga nazar soling, - deya qizning ko‘ylagini yengidan ko‘tardi.
Qiz oqib tushayotgan ko‘z yoshlarini yashirdi. Mudira esa hayratdan tikilib turardi. O‘qituvchi (nazarida) «qurbonlik»ni «jallod»ga topshirib chiqib ketdi.
Mudira qarshisidagi qizni sinchiklab ko‘zdan kechirdi. Odamning e’tiborini tortadigan kiyinish uslubiga razm soldi.
Kiyimi o‘ziga katta, osilib yotar, yenglari shimarilgan edi. Mudira:
- O‘tir, qizim , - dedi.
O‘quvchi mudiraning muomalasidan ajablangancha o‘tirdi. O‘rtaga sukunat cho‘kdi.
Qizning yoshi kichikligi va o‘qituvchining qo‘ygan ayblovi mudirni ajablantirardi. O‘quvchi esa g‘azabnok muallimining gij-gijlashiga qaramay mudiraning xotirjam o‘tirishidan hayratda edi.
O‘quvchi mudiraning savol berishini kutib o‘tirardi.
Mudira qizchaga onalarcha boqib:
- Qizim nima uchun kattalarga taqlid qilasan? Uzun ko‘ylak kiyib, yenglaringni shimarib olding? - deb so‘radi.
Javob tariqasida aytilgan so‘zlar, qizchaning qalbidan-da otashin edi.
Mudirani butunlay hayron qoldirdi. Javob chaqmoqdek, mudiraning quloqlari ostida jarangladi:
- Ko‘ylak meniki emas, opamniki. Men kunduzi kiyaman. Opam maktabdan qaytganimdan so‘ng, shu ko‘ylakni kiyib kechki maktabiga kiyib ketadi.
Mudira o‘zini zo‘rg‘a tutib turardi, ko‘zlaridan yosh quyilib kelayotgandi.
Qizaloqni murabbiylar xonasiga chiqishini aytdi. O‘quvchi chiqqach, xonasini qulfladi. Qizning kiyishga kiyimi yo‘qligidan rahmi kelib, yig‘lab yubordi. Bu jamiyatning alamli nuqtasi.
Farzandlarimiz qanchadan-qancha daftar sotib oladilar, xilma-xil kiyimlari qalashib yotibdi. Ba’zilarning esa...
Qo‘limizdagi behisob ne’matlarga shukr qilaylik!
Atrofimizdagi yaqinlarimizga e’tiborli bo‘laylik!