Ko‘zi ojiz fuqarolar referendumda ishtirok eta oladimi?

Kimyogarlar shaharchasidagi 106-referendum uchastkasida 1302 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Referendum munosabati bilan hududda joylashgan Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli umumiy yotoqxonada istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.

 - 28 yildan beri ko‘zi ojizlar yotoqxonasida yashayman, - deydi Sherali Naymanov. - Bugun qo‘shnilarim bilan referendumda qatnashish uchun keldik. Biz kabi odamlar uchun brayl yozuvidagi byulletenlar tayyorlab qo‘yilgani inson qadri uchun, degan shior qog‘ozda emas, amalda bo‘layotganiga guvoh bo‘ldik. 

Bundan tashqari, uchastka mas’ullari murojaatlarga asosan sayyor tartibda ham ovoz yig‘ish uchun joylarga chiqishmoqda.