Kremlga dronlar yordamida hujum uyushtirilgani aytilmoqda
- 03.05.2023 17:14
- 235
- Xorij
Kiyev tomonidan chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining Kreml qarorgohiga dronlar yordamida zarba berishga urinish bo‘ldi, deb xabar berdi rus OAVlari.
Ta’kidlanishicha, ikkita uchuvchisiz uchish apparati Kremlga qaratilgan, harbiylar va maxsus xizmatlar qurilmalarni ishdan chiqargan.
Hujum natijasida prezident va boshqa odamlar jabrlanmagan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning “RIA Novosti”ga aytishicha, Ukraina dronlari hujum qilgan paytda Putin Kremlda bo‘lmagan, bugun u Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovodagi qarorgohida bo‘lgan.
Moskva Kiyevning harakatlarini rejalashtirilgan terrorchilik harakati va G‘alaba kuni va 9 may parad arafasida prezidentga suiqasd sifatida baholagan.
Teglar:
Rossiya-Ukraina