Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi

Taniqli futbol yulduzi, Italiyaning “Yuventus” futbol jamoasi va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronalduda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi saytida xabar berildi.

Unda yozilishicha, 35 yoshli futbolchida hech qanday asoratlar kuzatilmagan, ayni vaqtda u karantinga olingan.

Ronaldu terma jamoadagi o‘yinlardan ozod etildi, u bugun Lissabonda bo‘lib o‘tadigan UYeFA Millatlar Ligasi guruh  bosqichidagi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

13 oktyabr kuni ertalab Portugaliya terma jamoasi o‘yinchilari topshirgan COVID-19 test tahlili natijalariga ko‘ra, jamoaning boshqa o‘yinchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligi haqida ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: Ronaldu – besh karra “Oltin to‘p” sohibi, Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni. Futbolchi o‘tgan mavsumda umumiy hisobda 46 ta o‘yin o‘tkazdi va 37 ta gol urdi.