«Krokus Siti Xoll»ga hujum uyushtirganlar ustidan sud boshlandi, terrorchilar o‘z ayblarini tan olishgan

Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tkazilyapti.

19 kishi sudlanmoqda: jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan to‘rt nafar tojikistonlik fuqaro va 15 nafar “sherik”lar, jumladan, ayblanuvchi yashagan xonadon egasi.

Hujum tashkilotchilari haligacha topilmagan.

Tergov sodir bo‘lgan voqeaning ikkita versiyasini birlashtirib, hujum “Islomiy davlat” – “Viloyat Xuroson guruhi tomonidan, biroq ayni paytda xorijiy razvedka xizmatlari ishtirokida va “Ukraina oliy rahbariyati manfaatlarini ko‘zlab uyushtirilganini isbotlashga urinmoqda.

Sud jarayoniga 100 dan ortiq jurnalist kelgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, terakt ijrochilaridan to‘rt nafari sudda o‘z ayblarini tan olishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 22 martida «Krokus Siti Xoll»da terakt sodir bo‘lib, kamida 145 kishi halok bo‘lgan va 551 kishi jarohatlangan edi. Qurbonlarning aksariyati 4 kishilik guruh tomonidan uyushtirilgan yong‘inda halok bo‘lgan. Terrorchilar hujum joyidan qochishga muvaffaq bo‘lgach, qo‘lga olingan.