Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar O.N. va A.S. ikki kishiga 468 dona “Reduksin Layt” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 9 mln. so‘mga sotgan vaqtida, yana uch kishiga 186 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 6,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.