Kuzda organizm immunitetini qanday oshirish mumkin?
➖Xazonrezgi mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chiqadi. Ushbu davrda organizm immunitetini qanday oshirish mumkin?
Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:
➖ Inson immuniteti ko‘p omillarga bog‘liq. Avvalambor bu — insonning jismoniy va ruhiy salomatligi, yashash tarzi, yashayotgan muhitiga ham bog‘liq.
Xususan, immunitetning susayishiga: intoksikatsiya, turli zaharlanishlar, haddan tashqari charchash, och qolish, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress holatlari, kasal yuqishidan xavotirga tushish va qo‘rqish, avvaldan ko‘p va tez-tez turli kasalliklarga chalinish, zararli odatlar olib kelishi mumkin. Qondagi oq tanachalar yoki limfotsitlarning keskin kamayib ketishi — inson immun tizimining susayganini ko‘rsatadi.
Immunitetni ko‘tarish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish, o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanish, mahsulotlar orasida yetarli darajada oqsil, uglevod, vitamin va minerallarning bo‘lishi muhim.