“Lasetti” yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi

Bugun, 15 avgust kuni poytaxtning Amir Temur ko‘chasida 93-yo‘nalishda qatnovchi “Mersedes-Bens-LF” rusumli avtobus hamda “Lasetti” rusumli yengil avtomobil o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

YTHga yengil avtomobilning o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisiga to‘liq amal qilmagani sabab bo‘lgan. Ya’ni, avtomobil chap tarafdan kelayotgan transport vositalarini o‘tkazib yubormay o‘ngga burilishi natijasida avtobusga urilgan. Bundan tashqari svetofor ustuniga ham zarar yetkazgan.

Hodisa tufayli jabrlangan va vafot etganlar yo‘q.