Leonardo da Vinchi Boyazid II uchun 240 metrlik ko‘prik qo‘rib bergan

Leonardo da Vinchi rassom bo‘lish bilan birga, buyuk ixtirochi ham edi. Uning kashfiyotlarining katta qismi hanuz insoniyat uchun xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, rassomning qalamiga mansub «Jokonda» suratining sirlarini hech kim topolgani yo‘q. Quyida uning hayotiga oid 30 ta ma’lumot oshkor qilingan.

1. Italiyalik olim, rassom, injener Leonardo da Vinchi 1452 yilda tug‘ilgan.
2. U gidromexanika, matematika, geografiya, kimyo, meteorologiya, botanika va astronomiya bilan shug‘ullangan.
3. Leonardo ilk bora nima uchun Oy yorqin, osmon esa musaffo ko‘k rangda ekanligini tushuntira olgan.

4. Uning otasi Pero notarius va katta yer egasi bo‘lgan.
5. Amerikalik milliarder Bill Geyts taniqli rassomning eng sara asarlarini 30 million dollarga sotib olgan.
6. Leonardo da Vinchi birinchi bor suv ostida ko‘rish moslamasini kashf qilgan va sinab ko‘rgan.

7. Bugungi kundagi zamonaviy suv osti kemalari mashhur olimning ixtirolari asosida dunyoga kelgan.
8. Ixtirochi bir vaqtda ham chap, ham o‘ng qo‘llarida yoza olgan.
9. Leonardo o‘zidan nafaqat suv osti kemasi, balki havo parraklari, tikuv mashinasi, tank hamda uchar mashinalarning loyihalarini ham qoldirgan.

10. Uning chizmalari asosida havo shari yasalgan.
11. Taniqli olim Uells rassomning g‘oyalari asosida qo‘l va oyoq protezlarini yasagan.
12. Buyuk rassom Usmoniylar imperiyasi sultoni Boyazid II uchun 240 metrlik ko‘prik qo‘rib bergan.

13. Ilk parashyut, akvalang va suvda yuruvchi chang‘ining chizmalari muallifi ham Leonardo bo‘lgan.
14. Da Vinchining sanoqsiz loyihalari orasida robotning ham chizmalari bo‘lgan.
15. Ixtirochi rebuslar tuzish va topishmoqlarga javob topishni yoqtirgan.

16. Qator yillardan buyon uning mo‘yqalamiga mansub Jokondaning jilmayishi o‘zgarib bormoqda. Uning lablarining burchaklari yanada ko‘tarilib yorqin jilmaya boshlayapti.
17. Olimning jahon bo‘ylab tarqalgan 120 ta asarining sir-asrorlari endigina insoniyatga ma’lum bo‘lib bormoqda.
18. Leonardoning kundaligi o‘ngdan chap tomoniga qarab teskari yozilgan.

19. Taniqli rassom ajoyib oshpaz ham bo‘lgan.
20. U yoshligida grek va lotin tilini o‘zlashtirishga qiynalgan.
21. Ixtirochi 1472 yilda Rassomlarning Florenteya Gildiyasi a’zosi bo‘lgan.

22. Leonardo 1478 yilda o‘zining shaxsiy ustaxonasini ochgan.
23. Olim 1487 yilda qanotli mashina yaratish ustida ish olib borgan.
24. Leonardo da Vinchi dunyo olimlari tomonidan barcha davrlar va xalqlarning eng iqtidorlisi deb tan olingan.

25. Bizning davrimizgacha buyuk rassomning faqat 7000 sahifadan iborat asarlari yetib kelgan.
26. Leonardo avtomobil loyihasini ishlab chiqqan.
27. Buyuk ixtirochi sug‘orish kanallari va suv kollektorlari ustida ko‘p ish olib borgan.

28. Leonardo so‘z o‘yinlarida ham mashhur bo‘lgan.
29. Mashhur rassom velosiped ixtirochisi hisoblanadi.
30. Leonardo da Vinchi 1519 yil 2 may kuni Fransiyadagi Klo-Lyuse qal’asida vafot etgan.