Livan bosh vaziri iste’fo e’lon qildi
Livan bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mustafo Adib 26 sentyabr kuni o‘zining iste’fosini va mamlakatning yangi hukumatini shakllantirishdan bosh tortganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
“Iste’foga chiqishimga siyosiy partiyalarning shartimni bajarmaganligi sabab bo‘ldi. Ular hukumatni shakllantirish jarayonini siyosiylashtirishdan bosh tortmadilar”, dedi Adib. Uning so‘zlari televideniyeda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatildi.
Shu bilan birga, u Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tashabbusi, Parij tomonidan Bayrutga yordam berilishining samimiy istagi ekanligini, shu sababli tashabbus qo‘llanishi kerakligini ta’kidladi.
Adib avgust oyining oxirida Livanga bosh vazir etib tayinlangandi. Biroq Fransiya prezidentining 14 sentyabrga qadar Livanda yangi hukumat e’lon qilinishi shartiga qaramasdan, u yangi hukumatni tashkil eta olmadi. Ushbu shart bajarilgach, Makron oktyabr oyida Parijda Livanga yordam ko‘rsatish bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishini o‘z bo‘yniga olgan edi. AQSh hukumati tomonidan “Hizbulloh” shialar harakati bilan aloqadorlikda ayblangan ikki nafar Livan sobiq vaziriga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng hukumatni shakllantirish jarayoni qiyinlashdi.
Parij mamlakatda haqiqiy islohotlar bo‘lmagan taqdirda, Fransiya o‘zining vositachilik missiyasidan voz kechishini va xalqaro hamjamiyatni Livanga yordam ko‘rsatishga ko‘ndirishdan bosh tortishini ma’lum qildi.