Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Livan qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragan kema qurbonlari dafn qilindi, bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda

Livanda muhojirlar bo‘lgan kema halokatida vafot etganlarning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan. Havoga o‘q uzgan olomon Tripoli ko‘chalari bo‘ylab o‘tib, tobutlarni dastlab masjidga, so‘ngra dafn qabristonga kuzatgan.

Shanba kuni kechqurun O‘rtayer dengizida Livan qirg‘oqlaridan bir necha kilometr uzoqlikda asosan Livandan, shuningdek, Suriya va pokistonlik 84 nafar muhojir bo‘lgan gavjum qayiq ag‘darilib ketgan. Kamida olti kishi cho‘kib ketgan. Qurbonlar orasida go‘dak ham bor. Yana 30 nafari bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.