Loyishda «Dostonchilik maktabi» tashkil etiladi

Oqdaryoda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashi hamkorligida kitobxonlar anjumani o‘tkazildi.

Tadbirga yig‘ilgan oqdaryolik ijodkorlar, mahalla faollari va yoshlar o‘zbek xalq dostonlari ko‘rgazmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi binosida tashkil etilishi kutilayotgan «Dostonchilik maktabi»ning loyihalari bilan tanishdi. Narpaylik baxshi Abdusattor Abdiyev termalardan namunalar ijro etar ekan, tumandagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Diyorjon Ravshanovni birinchi shogirdi, maskanda ish boshlashi kutilayotgan dostonchilik maktabining ilk tarbiyalanuvchisi sifatida e’tirof etdi.

Oygul MAMATOVA.