Lukashenko G‘arb mamlakatlari uchun chegaralarni yopish bilan tahdid qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Boltiqbo‘yi davlatlari qudratliroq davlatlardan “fas” buyrug‘ini olganini ta’kidladi. Bu haqda 1 senyabr kuni Sputnik Belarus xabar berdi.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, “qudratliroq mamlakatlar” Belarus bilan aytishish kerak emasligini tushunib turibdi. Sababi, mamlakat Brest va Grodnodagi chegaralarni yopib qo‘yishi mumkin va buning oqibatida Germaniyadan keluvchi yuklar Sharqqa osonlikcha kirib borolmaydi. Shu tufayli kuchsizroq Boltiqbo‘yi davlatlariga Belarusga qarshi chiqish topshirig‘i berilgan.

“Ularga “fas” buyrug‘i berilgan. Shu sababli ular to‘siq ortidan hurishdi. Men shunday baholayman”, dedi Lukashenko.

Belarus rahbari Boltiqbo‘yi davlatlari tomonidan joriy etilayotgan sanksiyalarga qarshi iqtisodiy javoblar qaytarilishini alohida ta’kidladi.