Lukashenko prezidentlik vakolatlarini topshirishga tayyor ekanini e’lon qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng prezidentlik vakolatlarini topshirishga tayyor ekanini e’lon qildi. Bu haqida TASS xabar berdi.
“Kelinglar, o‘tiringlar – Konstitutsiya ustida ishlaymiz. Referendum o‘tkazamiz, Konstitutsiyani qabul qilamiz va men Konstitutsiyaga binoan vakolatlarimni topshiraman. Biroq, bosim ostida va ko‘cha orqali emas!” – dedi u.
Shu bilan birga u, “asosiy hujjatni tushunarsiz odamga topshirib bo‘lmasligini, kulfat bo‘lishini” ta’kidladi.
Belarusda 9 avgust, prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan kundan beri ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda. Fuqarolar prezident saylovlarining rasmiy natijalariga qarshi namoyish uyushtirmoqda. Unga ko‘ra, Lukashenko 80 foizdan ko‘proq ovoz olgan.
RIA Novosti nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 17 avgust kuni Yevropa parlamentining yetakchi partiya rahbarlari Lukashenkoni saylangan prezident sifatida tan olmasliklarini ma’lum qilganlar.