Madaniyat va sport sohasida ishlayotgan xotin-qizlar tarixiy qadamjolarga sayohat qildi

Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi tomonidan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar uchun sayohat va madaniy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi asosida tashkil etilgan tadbirga viloyat bo‘yicha 50 nafar faol xotin-qizlar taklif etildi. Ular Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Xotin-qizlar uchun Samarqand shahridagi “Sadaf” tantanalar bazmgohida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” nomli madaniy tadbir ham tashkil etilib, bayram dasturxoni yozildi, konsert dasturida dil tortar kuy qo‘shiqlar yangradi.
J.Ochilov.