Madhiyasiz davlatlar

Albatta, har bir davlatning o‘zining asosiy qo‘shig‘i - davlat madhiyasi bo‘lishi va rasmiy uchrashuvlar, muhim tadbirlar, bayramlar va musobaqalarda har bir davlat madhiyasi ijro etilishi mantiqan to‘g‘ri. Lekin, ba’zi mamlakatlarning o‘z madhiyasi yo‘q.

 Umuman olganda, dunyoda musiqiy davlat ramzlari bilan bog‘liq g‘alati narsalar ham yo‘q emas. Misol uchun, Ispaniya madhiyasida so‘zlar yo‘q. Muqaddas Yelena oroli esa madhiya sifatida ko‘proq radiodagi qo‘shiqni eslatuvchi qo‘shiqni olgan.

Dunyoda madhiyasiz davlatlar juda kam. Aniqrog‘i, faqat ikkita va ularning har birida davlat qo‘shig‘i yo‘qligining o‘z sabablari va tarixi bor.

Shunday qilib, o‘zining rasmiy asosiy qo‘shig‘iga ega bo‘lmagan mamlakat nomiga da’vogarlik qila oladigan birinchi davlat - Kiprdir. Kiprni madhiyasiz davlat deb ayta olish mumkinmi? Ha, mumkin. Hayratlanarlisi shundaki, milliy miqyosdagi muhim tadbirlarda madhiya yangraydi. Lekin... Gretsiya davlatining madhiyasi.

Buning sababi, orol aholisining aksariyati yunonlar va shu sababli Gretsiyaning asosiy qo‘shig‘i ularga yaqin. Albatta, bu holatda munozaralar bo‘lgan. Negaki, aholining turk millatiga mansub qismi (ular yunonlarga qaraganda kamroq) respublika va Gretsiyaning bitta madhiyaga ega bo‘lishiga qarshi chiqdi. Shu sababli turk jamiyati odatda turk madhiyasidan foydalanishni afzal ko‘radi.

Madhiyasi yo‘q davlat

Bu Shotlandiya. Bir qarashda boy tarixga ega, asrlar davomida ozodlik uchun kurashib kelgan davlat barcha muhim voqealarga hamroh bo‘ladigan o‘zining rasmiy qo‘shig‘iga ega bo‘lishi shartdek tuyuladi. Biroq, aynan Shotlandiya madhiyasi yo‘q davlat sifatida tanilgan.

Buning sababi nimada? Gap shundaki, Shotlandiya ko‘p yillar davomida mustaqillik uchun kurashib kelgan va ma’lum sabablarga ko‘ra, Britaniya madhiyasi Shotlandiyada tan olinmaydi. Davlat madhiyasiga kelsak, bu yerda bir emas, ikkita emas, oltita (!) barchasi xalq tomonidan sevilib kelinadigan qo‘shiq faxrli nomga da’vogarlik qilib keladi. Shu sababli rasmiy tadbirlarda ularning barchasi navbatma-navbat ijro etiladi.

Madhiya uchun boshqa da’vogarlar orasida xalq cholg‘u asbobi - volinkada chalinadigan vatanparvarlik kuylar ham bor.

Mamlakat aholisi aniq qaysi kuyni tanlash haqida kelisha ololmaganligi sababli, “Qaysi mamlakatda madhiya yo‘q?”, degan savolga ishonch bilan - bu Shotlandiya deb aytishi mumkin.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.