“Madrlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida insholar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar va yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Madrlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida insholar tanlovinining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Yoshlarda harbiy vatanparvarlikni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va yosh harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida Urgut tumanidagi 133-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Aziza Baratova, 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida Nurobod tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Durdona Isorova, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchisi Anvarxo‘ja Yuldashev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Husan G‘OZIYeV.