Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy sayti yo‘qmi?
Negadir hech qayerdan topolmayapmiz. Hatto gov.uz katalogida ham yo‘q ekan. Vazirlar Mahkamasining 402-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda "...xotin-qizlar uchun ajratilgan qo‘shimcha davlat grantiga tavsiya etilganlar ro‘yxati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rasmiy saytida e’lon qilinadi", deyilgan. Vazirlik esa saytini hali ishlab chiqmagan ko‘rinadi. Vaholanki, natijalar bugun e’lon qilinishi kerak edi.
Kun bo‘yi o‘nlab qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Shu masalani aniqlab bering, degan mazmunda. Xabarimiz yo‘q, desak "Iya, hokimiyat bilmasa, kim biladi?", deyishayapti.
Orifjon ODILOV,
Jomboy tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.