Mahallada agentlar qanday xizmat ko‘rsatadi?

Prezidentning “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024-2025 yillarda mahallalarda ayrim davlat xizmatlarini agentlar ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi.

Xo‘sh, agentlar tomonidan qanday davlat xizmatlari mahallaning o‘zida ko‘rsatiladi?

Qarorga ko‘ra:

- pensiya miqdori haqida ma’lumotnoma;

- ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish;

- keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish;

- manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish;

- fuqaro pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma;

- elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;

- elektr ta’minoti loyihasini kelishish;

- gaz tizimini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;

- gaz ta’minoti loyihasini kelishish;

- ichimlik va oqova suv hisoblagichini plombalash va shartnoma tuzish;

- ichimlik va oqova suv tizimi loyihasini kelishish;

- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini berish;

- ish haqini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish;

- mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;

- oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish.

***
Ushbu maqola xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.