Mahallada Navro‘z shukuhi
Paxtachi tumani Jahonobod mahallasida bu yil Navro‘z o‘zgacha kutib oldindi. Mahalla ahli yetti yoshdan yetmish yoshgacha bayramni birgalikda nishonlashdi. Dasturxonga Navro‘z taomlari – sumalak, halisa, ko‘k somsalar tortildi. Kelinchaklar kelin salom bilan mahalla ahlini xushnud etgan bo‘lsa, yigitlar arqon tortish, kurash kabi sport o‘yinlari bilan tomoshabinlarga zavq ulashishdi.

Bugun mahalla o‘zgacha chiroy ochmoqda. Mahalla hududida hunarmandlar markazi barpo etilyapti.
Zilola Xolmamatova,
24-maktab o‘qituvchisi.