Mahallalar endi xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga nomzod ko‘rsatmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ma’qullandi.
Senat tomonidan ma’qullangan ushbu Saylov kodeksi o‘zida quyidagi yangiliklar va asosiy qoidalarni nazar tutadi:
* Oliy Majlis Qonunchilik palatasida amaldagi deputatlik 150 o‘rni saqlab qolingan xolda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillariga quyi palatada deputatlik o‘rinlari uchun kvota ajratish instituti chiqarib tashlandi.
* Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga nomzod ko‘rsatish tartibi bekor qilindi.
* Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish tartibi qonun belgilandi.
* Siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig‘ish jarayonida saylovchilarning bir yoki bir nechta nomzodlarni yoxud partiyalarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishi mumkinligi belgilandi.
* Muddatidan ilgari ovoz berish va saylov kuni ovoz berish uchun yagona saylov byulletenini joriy etish orqali «saylov varaqasi» tushunchasi chiqarib tashlandi.
* Ovoz berish jarayonida saylovchilarga bir nechta belgilardan (+, √qushcha, X) birini qo‘yish imkoniyati berildi.
* Saylovlarni o‘tkazish yoki tashkil etish masalalari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi aniq belgilandi.