Mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiyaning 6 maydagi yig‘ilish bayoniga asosan joriy yilning 8 may kunidan boshlab respublika hududida karantin bo‘yicha cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangandi.
«O‘zbekiston pochtasi» AJ jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida 15 may sanasidan boshlab mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berishga ruxsat berilgan.