Maishiy gaz ballon, elektr energiyasi, moddiy yordam, uy-joy va bank krediti... Bulung‘urda ham aholi muammolari bo‘yicha qabul o‘tkazilmoqda
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Tuman hokimligi bilan hamkorlikda ilk bor tashkil yetilgan mazkur qabul orqali fuqarolar o‘zlarining saylov uchastkasidan saylangan deputatlariga murojaat qilishmoqda.
Qabul jarayonlariga tumandagi barcha tashkilot va muassasalarning rahbar hamda mas’ul xodimlari ham jalb etilgan bo‘lib, har bir murojaat shu joyning o‘zida manfaatdor va mas’ul tomonlar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.
Ayni vaqtga qadar deputatlar tomonidan 50 dan ortiq murojaatlar tinglanib, o‘rganib chiqildi. Hokimlikka ko‘ra, aholi tomonidan eng ko‘p, maishiy gaz ballon, elektr energiyasi, moddiy yordam, uy-joy va bank krediti masalalarida murojaatlar tushmoqda. Qabul jarayonlari davom etmoqda.