Maktab bitiruvchilari orasida grantga kirganlar soni deyarli 2 barobarga ortdi
OTMga hujjat topshirgan maktab bitiruvchilarining soni oshmagan bo‘lsa-da, grantga kirganlar soni deyarli 2 barobarga ortdi va umumiy kvotaning 75 foiziga yetdi, deya ma’lum qildi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.
Bu albatta, joylardagi fidoyi pedagoglarimizning mehnati mahsulidir.
Maktablarning natijaga ishlashga harakati yaxshilangani hamda variativ o‘quv sinflari joriy qilinganining natijasi bu yil yaqqol ko‘rindi. Bu esa bu yilgi bitiruvchilarimiz boshqa abituriyentlarga qaraganda yaxshiroq tayyorlanganidan dalolatdir. Boshqa abituriyentlarda ham repetitor yoki o‘quv kurslariga qatnash imkoniyatlari deyarli bir xil bo‘lgan. Lekin natija maktab bitiruvchilarida yaxshiroq bo‘ldi.
Umuman natija ko‘rsatmagan maktablar rahbarlariga qat’iy choralar ko‘rilganiga, ularning soni o‘tgan yili uch barobarga kamaygan edi.
Shuningdek, vazir hali nodavlat va xalqaro OTMlar hujjatlar qabul qilayotganini inobatga olib, bu yilgi qizil maktablar natijalarini oktyabr oyida e’lon qilinishini bildirgan.