Maktab bitiruvchilarida OTMga hujjat topshirishi uchun pasport bo‘lishi kerak
Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda Davlat test markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Ushbu onlayn qabul tizimi abituriyentlarning fuqarolik pasportidagi jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (PiNFL) bilan bog‘lanadi. Shu bois oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari muhim hisoblanadi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilgani sababli pasport yoshiga (16 yosh) yetgan 41 000 dan ortiq bitiruvchilar fuqarolik pasportini o‘z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
"Aziz bitiruvchi yoshlar, hurmatli ota-onalar oliy ta’lim muassasalarida hujjatlarni qabul qilishda 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarning pasport olishi zarur ekanligini inobatga olib, bu masalada ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etishlaringiz so‘raladi", deyiladi xabarda.