Maktab o‘quvchilariga viloyat hokimi o‘rinbosari dars o‘tdi
Samarqand shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi yangi o‘quv yilini muvaffaqiyatlar bilan qarshi oldi. Chunki o‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 29 nafar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi.
Mustaqilligimiz 30 yilligi munosabati bilan maktabda "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida "Bilimlar kuni" tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nurillayev ishtirok etib, maktabning 10-sinf o‘quvchilari uchun “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.
Maktabda 1637 nafar o‘quvchi ta’lim olishi kutilmoqda. Jumladan, 1-sinfga 149 nafar o‘quvchi qabul qilindi.