Maktab sovuq bo‘lsa ota-ona kimga murojaat qilishi kerak?
Kecha, 11 yanvar kuni barcha maktablarda yangi uchinchi chorak boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qishki mavsumda barcha maktablarning issiqlik tizimini barqaror ishlashi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuning uchun agarda joylarda muammolar bo‘lsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar ko‘rib boriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur masalada Xalq ta’limi vazirligining hududlardagi shtablari tashkil etilgan bo‘lib, ularga mazkur havoladagi raqamlar orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.
"Agar siz hududlardagi shtablarga murojaat qilgan bo‘lsangiz, ammo hali ham maktabingizda issiqlik tizimining ishlashi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligining - (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markaziga yoki Samarqandda tashkil etilgan shtabga (66) 238-88-10 murojaat qilishingiz mumkin.
Ushbu murojaatlarni respublika kuz-qish shtabi hamda hududiy shtablar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘riladi", deyilgan vazirlik murojaatida.