Maktab yarmarkalarini kim tashkil qiladi?

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakilining aytishicha, ikki yildan buyon maktab yarmarkalaridagi narx-navoni nazorat qilish haqida ushbu tashkilotga yuqoridan hech qanday buyruq yoki topshiriq berilmagan.

Avvallari tuman va shaharlarda tashkil etilgan maktab yarmarkalarini viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nazoratga olgan bo‘lsa, endilikda tadbirkorlarning o‘zlari o‘quv yili yaqinlashgach, kerakli maktab formasi va o‘quv qurollarini sotishni yo‘lga qo‘yayotgan emish.
Xo‘sh, bozorlarda maktab o‘quvchilar uchun sotilayotgan kiyim-kechak va o‘quv qurollarining bahosini kim yoki qaysi tashkilot nazoratga oladi? Bu yil maktab yarmarkalari qayerlarda ochiladi? Maktab yarmarkalarini kim tashkil qiladi?