Maktabga borish uchun bolalarni grippga qarshi emlash majburiymi?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva muhim murojaat va savollar yuzasidan javob qaytardi.
- Maktabga borish uchun bolalarni grippga qarshi emlash majburiymi? Rad etgan bolalarning 1-sinfga bormasligi rostmi?
- Biz oddiy kasallik deb hisoblagan gripp hayot uchun katta xavf tug‘dirishi, hatto og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ko‘pincha noxush oqibatlar asosan bolalarda, yoshi katta va sust immunitet egalari orasida kuzatiladi.
Bunday hollarda grippga chalinmaslikning eng samarali usuli, bu - kasallikka qarshi emlash hisoblanadi.
Shifokor ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda bolaga vaksina olish yoki olmaslikni baholaydi.