Maktablarda dars qanday taqsimlanadi?

Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15 sentyabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari havoladagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

Pedagogik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Umumta’lim muassasasining har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.

Umumta’lim muassasasi direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash kotibi pedagog xodimlar orasidan tayinlanadi.