Malayziyada 2 nafar o‘zbekistonlik qorilar Qur’onni xatm qilib berishmoqda

Muborak Ramazon oyida Malayziyaning Perlis shtati mutasaddilari bilan o‘zaro kelishuv asosida, ularning so‘roviga binoan, ikki nafar qorilarimiz: A’zamjon qori Dadamirzayev va Shamsiddin qori Jalilovlar Kangar shahri masjidlarida xatmi Qur’onlarni o‘tkazish uchun yuborildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi xabar bermoqda, deb yozadi azon.uz.

Hozirda qorilarimiz Malayziyadagi jome masjidlarida mahalliy aholiga Allohning kalomini xatm qilib berishyapti. Imom Buxoriyga izdosh bo‘lgan qorilarimizning go‘zal savtlari malayziyaliklarni qalb qo‘riga kirib borayotganini mahalliy aholining e’tirofidan ham anglash mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimiz hofizu Qur’onlarining ishtiroki mahalliy aholini birdek mamnun etmoqda.