Ma’lumotlar ijobiy deb topilgandagina fuqarolarga Koreya Respublikasiga kirish uchun rozilik bitimi beriladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Koreya Respublikasiga kirish vizasiga ega barcha viza (S-vizasidan tashqari) turlariga ushbu mamlakatga kirish uchun aviareyslar tashkillashtirilgani to‘g‘risida e’lonlar tarqalmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmatiga so‘rov yuborildi.
So‘rovga javoban, 2020 yil dekabr va 2021 yil yanvar oylarida «Uzbekistan Airways» AJ va “Asiana Airlines” aviakompaniyalari tomonidan rejalashtirilayotgan «Toshkent-Incheon» aviareyslari bilan faqat rozilik bitimi hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tavsiya etgan klinikalarning PSR testi manfiy natijasiga ega fuqarolar ushbu mamlakatga kirib borishi to‘g‘risida ma’lum qilingan.
Fuqarolar o‘zini o‘zi yakkalash joyi va sharoiti to‘g‘risidagi taqdim qilgan ma’lumotlar Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o‘rganilgandan so‘ng, ijobiy deb topilgandagina fuqarolarga Koreya Respublikasiga kirish uchun rozilik bitimi beriladi.
Bugungi kunga qadar ishchi vizasiga ega fuqarolarning tranzit aviareyslar orqali mustaqil ravishda Koreya Respublikasiga jo‘nab ketish uchun urinish holatlari aniqlanmoqda. Natijada, fuqarolar o‘zlariga iqtisodiy zarar yetkazmoqda.
Ushbu xatti-harakatlar mazkur davlatga kirib borishni yanada kechiktirishi hamda Koreya Respublikasi tomonidan boshqa fuqarolarning ham ushbu davlatga kirib borishida salbiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 41, 42).