Mamlakatimizning yosh kurashchilari Samarqandda yig‘ildi

Samarqand shahrida milliy kurash bo‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 800 nafardan ziyod yosh polvonlar uch vaznda gilamda bellashmoqda.

Tadbir avvalida 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Davlatimiz bayrog‘i butun zal bo‘ylab hilpiradi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, O‘zbekiston milliy kurash federatsiyasining ilmiy va nazorat kengashi rahbari O.Hayitov so‘zga chiqib, o‘zbek milliy kurashining nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida keng ommalashib borayotgani, olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritilganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa joriy yilning 15 noyabriga qadar davom etadi.

Baxtiyor MUSTANOV.