Maradonaning o‘limida shifokorlar ayblanmoqda
Argentinaning San-Isidro shahri Bosh prokuraturasi Diyego Maradonaning o‘limida yetti nafar tibbiyot xodimiga ayb qo‘ydi. Bu haqda Ispaniya OAV xabar bermoqda.
Ekspert komissiyasi tomonidan tuzilgan hisobotda Maradonaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmagani va uzoq vaqt qarovsiz qolgani to‘g‘risida xulosa qilingan.
XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri o‘tgan yili 25 noyabr kuni 60 yoshida, miya operatsiyasidan bir necha hafta o‘tgach vafot etgan edi. Sababi – o‘pkaning shishishiga olib kelgan o‘tkir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan.
Sud jarayoni Maradonaning qizi, neyroxirurg Leopoldo Luki ustidan sudga murojaat qilganidan keyin boshlandi. Ular vrachni operatsiyadan keyin otasining ahvoli keskin yomonlashganida aybladi.
Javobgarlarga Argentinani tark etish taqiqlandi. Agar tibbiy xodimlar aybdor deb topilsa, 8 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.