Maradonaning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan
Argentinalik futbolchisi Diyego Maradonaning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘ldi, deya xabar berdi TN TV 26 noyabr kuni murdani yorib ko‘rish natijalariga asoslanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maradonada o‘tkir o‘pka shishi yuzaga kelgan. Bundan tashqari, u kengaygan kardiomiopatiya (devor qalinligi oshmagan holda yurak bo‘shlig‘ining shikastlanishi va yurak qisqarish funksiyasining buzilishi) bilan og‘rigan.
60 yoshli Maradonaning 25 noyabrda vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Sportchi Tigre shahridagi San-Andres hududidagi uyida operatsiyadan so‘ng tiklanayotganida yurak xurujidan vafot etdi.
Argentina hukumati sobiq futbolchining vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi. UYeFA chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlarini bir daqiqalik sukut bilan boshlashga qaror qildi. Futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni Pele Maradonaning o‘limiga kuyinar ekan, «Qachondir ular osmonda birga futbol o‘ynashlariga» ishonch bildirdi.
Diyego Maradona 1960 yilda Buyenos-Ayresda tug‘ilgan edi. Argentina milliy terma jamoasi safida 91 uchrashuvda maydonga tushib, 34 gol urgan. 1986 yilgi jahon chempioni. Keyinchalik Maradonaga shon-shuhratni Angliyaga qo‘l bilan urilgan goli keltirdi. Hakam qoidalar buzilishini qayd qilmadi. Ushbu gol tribunada janjalga sabab bo‘ldi. O‘yindan so‘ng Maradona "Men to‘pga tegmagan edim, bu Xudoning qo‘li edi", dedi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.