Markaziy bank boshlig‘i va tizim xodimlari “Eng kitobcyevar xodim” tanlovida qatnashdi
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusga muvofiq Samarqand viloyati bank tizimi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, xodimlarning ma’naviy barkamolligi va intellektual darajasini yuksaltirish maqsadida “Eng kitobcyevar xodim” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning ikkinchi bosqichida har bir bankning ichki saralashidan o‘tgan jami 87 nafar xodimlar ishtirok etishdi.
Mazkur bosqich Samarqand davlat universitetining axborotlashtirish markazida, onlayn test sinovi shaklida o‘tkazildi.
Test natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 17 nafari tanlovning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.