Markaziy harbiy okrugidagi Artilleriyachilar o‘quv yig‘ini marsh yurish bilan boshlandi (foto)
O‘quv yili rejasiga asosan bugun Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan artilleriyachilar harbiy qismi harbiy xizmatchilari erta tongdan 100 kilometr masofaga marsh yurishdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Amaliy mashqlarda 10 dan ortiq zirhli jangovar texnikalar va 100 ga yaqin artilleriya to‘plari jangovar shay holatga keltirilgan.
Mashg‘ulot rahbari podpolkovnik Jamolxon Bilalovning ta’kidlashicha mazkur mashqlar 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi mashqlar kunduzi va tungi holatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.