Markaziy Osiyo bo‘ylab "sayohat qilayotgan" millionlab kapalaklar endi Turkmanistonga yopirildi

Xabaringiz bor, bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda hammayoqni noodatiy bir xil rangdagi kapalaklar bosib ketgani haqida Qozog‘istondan,  O‘zbekistondan va Tojikistondan, Qirg‘izistondan turli video va fotosuratlar e’lon qilindi.

Endi ana shu son-sanoqsiz kapalaklar Turkmanistonga yopirildi.

Mutaxassislar millionlab kapalaklarni ko‘payib ketishiga salqin va nam ob-havo sabab bo‘layotganini bildirdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, yozda issiq janubiy o‘lkalardan biroz salqin bo‘lgan Yevropa va Sibir tomon harakatlanayotgan kapalaklar salqin ob-havo tufayli Markaziy Osiyo hududida turib qolgan va shu yerda urchib ko‘paygan.

Tojikistonlik ekologlarning fikricha, aslida Markaziy Osiyoda yoz bo‘yi turli kapalak turlari bo‘ladi. Ammo,  Rossiya va undan o‘tib Yevropaga o‘tib ketishi lozim bo‘lgan kapalaklarning Markaziy Osiyoda saqlanib urchishi va mintaqani millionlab kapalaklar bosib ketishi bu juda noyob hodisa hisoblanadi. Ekologlarning fikricha, havo biroz isigandan kapalaklar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha uchib ketishadi. Ammo urchish ko‘p bo‘lganligi tufayli bu yil yozda ular mintaqamizda har yilgidan ko‘proq sonda qolishlari ehtimoli bor.