Mast holatda avtotransport boshqargan fuqaro profilaktika inspektorining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Joriy yilning 29 iyul kuni soat 01:40 lar chamasida Qo‘ng‘irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Ganibayev Mansur Jangabayevich va oldin profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida xizmat qilgan, hozirgi vaqtda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan fuqaro Tanatov Janibek Asanovichning boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-1» rusumli davlat belgisi 95 S 992 CA avtomashinasida o‘ziga biriktirilgan ma’muriy hududda xizmat olib borib, ushbu avtomashina bilan A-380-G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistrali yo‘lining 868-869-kilometri oralig‘ida yo‘lning chetida turgan paytida, Qonliko‘l tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.B. mast holatda o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelib, fuqaro J.Tanatovning «Nexia-1» rusumli avtomashinasiga kelib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘l transporti hodisasi tufayli fuqaro J.Tanatovning avtomashinasida bo‘lgan, Qo‘ng‘irot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori, podpolkovnik M.Ganibayev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi, Qo‘ng‘irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Ganibayev Mansur Jangabayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.