Mayitni o‘likxonadan chiqarish uchun 200 AQSh dollar talab qilgan ekspert ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig‘i o‘rinbosari va o‘rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo‘limi sud-tibbiy eksperti Z.U. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro I.ning 15.08.2020 yilda vafot etgan qarindoshi A.ning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini ta’magirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.