MDH, ShHT va KXShT terrorizmga qarshi dastlabki hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazadi
Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va Kollektiv xavfsizlik shartnomalari tashkiloti (KXShT) Mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash olib borish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishishdi. Dastlabki qo‘shma mashg‘ulotlar “Kavkaz-2020” doirasida o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Sentyabr oxirida “Kavkaz-2020” strategik qo‘mondonlik va shtab mashg‘ulotlarida terrorizmga qarshi kurashdagi qo‘shma vazifalarni ishlab chiqish taklif qilinmoqda”, dedi u MDH, ShHT va KXShT mamlakatlari Mudofaa vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, taqdim etilgan qo‘shma bayonotda mamlakatlar Mudofaa vazirlari terrorizm va ektremizmga qarshi kurashni ustuvor vazifa sifatida ko‘rgan.
Hamkorlikdagi dastlabki mashg‘ulotlar aynan qanday formatda o‘tkazilishiga hozircha aniqlik kiritilmadi.