MDHga a’zo davlatlar missiyasi Belarus prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylov monitoringida ishtirok etadi

Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasining matbuot xizmati maslahatchisi Mariya Gutsalo ma’lum qildi.

“MDH missiyasi Belarus prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Ayni vaqtda tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Biz MDHga a’zo davlatlarga missiya tarkibi uchun nomzodlarni taqdim etish iltimosi bilan taklifnomalar yubordik”, deya ta’kidladi Gutsalo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 21 iyul kuni MDH davlatlarining doimiy vakillari Kengashining rasmiy va Hamdo‘stlikning boshqa tashkilotlari ishtirokida missiya rahbarligiga nomzod ko‘rib chiqiladi.

“Ijroiya qo‘mitasi Sergey Lebedevni missiya rahbarligiga nomzod etib taklif etmoqda”, deb ta’kidladi qo‘mita vakili.