Mehmet Bo‘zdog‘ O‘zbekistonda "Jaloliddin Xorazmshoh" serialini tasvirga olmoqchi

“Dirilish Ertug‘rul” serialining prodyusseri Mehmet Bo‘zdog‘ o‘zining kelgusi oyda suratga olishni boshlaydigan "Jaloliddin Xorazmshoh" yangi loyihasi dunyoda katta ovoz olib kelishini aytdi. Bo‘zdog‘ kelasi oy "Jaloliddin Xorazmshoh" serialini suratga olishni boshlaydi.

Bo‘zdog‘ning aytishicha, "Jaloliddin Xorazmshoh” seriali turk-o‘zbek do‘stligi mahsuli sifatida katta loyiha bo‘ladi. Serial O‘zbekistonning dunyoga tanilishiga xizmat qiladi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi bergan xabarga ko‘ra, loyihada taxminan 1000 kishi ishtirok etadi.