Mehnat kodeksida davlat xizmatchilari uchun qanday yengilliklar belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand hududiy filiali tashabbusi bilan Davlat boshqaruv akademiyasi Samarqand hududiy filialida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda viloyatdagi boshqarmalar va turli idoralarning inson resurslariga mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda joriy yilning 30 aprelidan kuchga kirgan yangi Mehnat kodeksining tegishli moddalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.  Bu borada ishtirokchilar viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi, adliya boshqarmasi hamda kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat Kengashidan mas’ullari ma’ruzalarini tangladi.

Seminar davomida ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining eski kodeks bilan tafovutlari tushuntirib berildi. Ayniqsa, bugungi kunda mas’ullar uchun dolzarb bo‘lgan mavzular, masalan, davlat xizmatchilari necha kalendar kuni mehnat ta’tiliga chiqarilishi, jamoa va mehnat shartnomalari yangi kodeksga asosan qayta tuzilishi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga interaktiv tarzda emotsional va sotsial intellekt, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi mavzularda trening-mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.