Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikdagi yangiliklar nimalarda aks etdi?
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi tomonidan tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar uchun o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
“Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatlarini ustav talablari asosida amalga oshirish, kasaba uyushmasi a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat jamoalarida xodimlar mehnatini muxofaza qilish, ularga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratib berish hamda moliyaviy intizomga qatiy rioya qilish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarda viloyat kasaba uyushmasi tarmoq tizimidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari, hisobchilari, sex kasaba uyushmalari tashkilotchilari, muassasalar kadrlar bo‘limi boshliqlari, mehnatni muxofaza qilish muhandislari ishtirok etdi.
Seminar mashg‘ulotini o‘tkazishda asosiy e’tibor, mehnat va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlarini targ‘ib qilish, kasaba uyushmalarining tashkilot hayotida tutgan o‘rni, hujjatlarni yuritish, moliyaviy intizomga qat’iy rioya qilinishi, 2025 yilda barcha darajadagi kasaba uyushma tashkilotlarida o‘tkaziladigan hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rishga qaratildi.
O‘quv-seminar mashg‘uloti savol-javoblar, bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida tarmoq kasaba uyushmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh faol mehnatni muxofaza qilish muhandislariga viloyat kengashining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari berildi.