“Mehr daftari”dagilarga mehr ko‘rsatildi
Yangi yil bayrami arafasida Paxtachi tumani hokimligi tumandagi ’’Mehr daftari’’ga kiritilgan 45 nafar yigit-qizga o‘zlari istagan sovg‘alarni taqdim etdi.
Tuman hokimligi bolalarni himoya qilish sho‘’basi tomonidan “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning orzu-istaklari eshitildi, bayramga qanday sovg‘a olishni istagi so‘raldi.
Shundan so‘ng bolalarning istaklari asosida zarur vositalar xarid qilindi. Jumladan, 33 ta noutbok, 12 ta velosiped, 6 dona booknomy kitoblari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sport anjomlari va boshqa vositalar keltirildi.
Bayram sovg‘alarini tuman hokimi va sektor rahbarlari, Milliy gvardiya tuman bo‘limi mas’ullari bolajonlarga tantanali topshirdi.
– Shuni unutmangki, sizlar Prezidentimizning, davlatimizning doimiy e’tiboridasizlar. Ulg‘ayib, jamiyatda o‘z o‘rningizning topishingiz, kasb-hunar egallashingiz uchun yordam berishga, sizlarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyormiz, – dedi Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov.