Meksika stadionda otishma tufayli to‘rt kishi vafot etdi

Meksikaning Morelos shtati Kuernavaka shahridagi futbol stadionida bo‘lib o‘tgan havaskorlar o‘yinida noma’lum shaxslar tomoshabinlarga qarata o‘q otgan, bosqinchilik natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohatlandi, deya xabar qildi mahalliy OAV.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan odamlar o‘yin paytida futbol maydoniga kirib, tribunalarga qarata o‘q uzishgan. So‘ng mashina va mototsikllarda qochib ketishgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar to‘rt kishining halok bo‘lganini qayd etishdi, yana uch kishi kasalxonaga yetkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, futbol stadioni joylashgan hudud uyushgan jinoyatchilik maydoniga aylangan.