Mevalar foydalimi, sharbatlarimi?

Mevalar 2-tip diabetdan himoya qiladi, sharbatlari esa yo‘q. Avstraliyaning bir necha universitetlari tadqiqotchilari shunday xulosaga keldilar.

Ularning bu tadqiqot natijalari Journal of Clincal jurnalida e’lon qilindi. Olimlar 12 yil davomida o‘rtacha yoshi 54 da bo‘lgan 7,5 ming avstraliyaliklarda kuzatuv olib bordilar. Tahlil va tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muntazam kuniga 220 gramm meva yeb turganlarda besh yil davomida 2-tip diabet rivoji 36 foizga kamaydi. Bunda olma ayniqsa foydali bo‘lib chiqdi. Ko‘proq meva sharbatini ma’qul ko‘rganlarda esa ijobiy o‘zgarish kuzatilmadi.

"Gap shundaki, - deydi olimlar, - meva ko‘proq iste’mol qilinganda organizm qonda qon tomirlarini shikastlovchi insulinni kamroq ishlab chiqaradi.

“Pushkin kartasi” kimga beriladi?

Rossiya madaniyat vazirligida “AiF”ga prezident maktab o‘quvchilariga “Pushkin kartasi” berishni va’da qilganiga izoh berishdi. 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga 5 ming rubl pulga ega bo‘lgan karta beriladi. Dastur bo‘yicha undan faqat muzeylargagina kirishda foydalaniladi. Kartadagi puldan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

Yangi moliyaviy tadbir yosh avlodni boy milliy va dunyo madaniyatidan ko‘proq bahramand bo‘lishini, tarix va o‘tmish madaniy meros va an’analarga hurmat ruhida kamol topishiga yordam beradi, deydi Madaniyat vaziri Olga Lyubimova.

T.Shomurodov tayyorladi.