MIB: Aliment uchun qidiruvda bo‘lgan jomboylik ayol Toshkentdan topildi


Byuroning Jomboy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor ayol U.M.dan undiruvchi M.E. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Anchadan buyon alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning qarzi 5,2 mln. so‘mdan oshib ketgan, buning ustiga u noma’lum hududlarda yashab kelgan.

Shu bois, boshqarmaning qidiruv bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv harakatlari olib borgan.

Byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi katta inspektori To‘rajan Jalilovning ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, qarzdor ayol U.M. Toshkent shahrida ekanligi aniqlangan va majburiyatlari tushuntirilib Samarqandga olib kelingan.

Alimentdan bo‘lgan 5.2 mln.so‘m qarzdorlik bolalarning otasiga undirib berilgan.