MIB: Byuroning Narpay tuman bo‘limida uch oyda 98,6 mlrd so‘mlik ijro tadbirlari amalga oshirilgan

Joriy yilning o‘tgan 3 oy davomida MIBning Narpay tuman bo‘limi tomonidan jami 98,6 mlrd. so‘mlik 14 mingdan ziyod ijro hujjatlari yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilib, 37,7 mlrd. so‘mlik 5017 ta ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilingan. Shundan 2537 ta ijro ishlari bo‘yicha amalda salkam 20 mlrd. so‘m mablag‘, ya’ni o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlariga nisbatan bir barobar ko‘proq mablag‘ undirilgan.

Undirilgan mablag‘ning 9,7 mlrd. so‘mi davlat byudjetiga, banklar foydasiga undirilgan mablag‘lar miqdori 9,6 mlrd. so‘mni, yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga undirilgan mablag‘lar miqdori esa 528 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Belgilangan har oylik reja-grafiklarining ortig‘i bilan bajarilishi ta’minlab borilgan va o‘tgan 3 oy davomida “Daftarlar”ga jami 2,6 mlrd. so‘m pul mablag‘lari undirilgan.

Jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zararlar undiruvi bo‘yicha jami 7 mln. so‘mlik 2 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ikkisi ham tamomlangan.

Yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligi undiruvlari bo‘yicha 24, 4 mlrd.  so‘mlik 2762 ta ijro hujjatlari mavjud (8 mlrd. 214 mln. so‘mlik 1504 ta ijro hujjatlari 2023 yildan qoldiq, 2024 yilning 3 oyida 16 mlrd. 211 mln. so‘mlik 1258 ta ish yurituviga olingan).

Davlat boji undiruvi bo‘yicha 1 aprel holatiga 2 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari bo‘lib, shundan 821 ta, 728 mln. so‘mlik ijro hujjatlari ijrosi tamomlangan. Shundan 342 mln. so‘mligi amalda undirilgan, ushbu turdagi qoldiqda qolgan 1 mlrd. 313 mln. so‘mlik ijro hujjatlarini qisqartirish, amalda ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan.

Sanjar ZAYNUDDINOV,

Byuroning Narpay tuman bo‘limi boshlig‘i.